Terminologik aniqlik nazorati
Biz har bir loyiha uchun maxsus glossariylar shakllantiramiz va barcha hujjatlarda atamalarning mutlaqo bir xil qo'llanilishini ta'minlaydi.
Murakkab uskunalar yo'riqnomalari, sanoat chizmalari va muvofiqlik sertifikatlarini xalqaro standartlar darajasida o'zbek va xorijiy tillarga tarjima qilamiz.
Sanoat va muhandislik sohasidagi matnlar oddiy tarjimadan ko'ra ko'proq mas'uliyat talab qiladi. Biz terminologik xatolarga mutlaqo yo'l qo'ymagan holda, har bir atama va o'lchov birligini asl nusxaga mos ravishda tarjima qilamiz.
Batafsil ma'lumotBiz har bir loyiha uchun maxsus glossariylar shakllantiramiz va barcha hujjatlarda atamalarning mutlaqo bir xil qo'llanilishini ta'minlaydi.
PDF va AutoCAD formatidagi chizmalar, grafik sxemalardagi matnlarni joylashuvi va o'lchamlarini buzmasdan sifatli o'giramiz.
Tarjima qilingan har bir hujjat professional soha muharrirlari va texnik mutaxassislar tomonidan qayta tekshiruvdan o'tkaziladi.
Tizimli va izchil yondashuvimiz tufayli har qanday hajmdagi loyihani o'z vaqtida va xatosiz yakunlashga erishamiz.
Matndagi o'ziga xos atamalar, qisqartmalar va muhandislik tushunchalari o'rganilib, loyiha uchun tayanch terminlar bazasi tasdiqlanadi.
Sohaga ixtisoslashgan tarjimon loyihani bajaradi, shundan so'ng texnik muharrir ma'nolar va texnik ko'rsatkichlar mosligini tekshiradi.
Tarjima qilingan matnlar asl hujjat formatiga, jadvallar, chizmalar va rasmlar joylashuviga mos ravishda professional tarzda sahifalanadi.
Biz texnik hujjatlar tarjimasi jarayonida faqat tasdiqlangan va xalqaro talablarga mos uslublardan foydalanamiz.
Bizning barcha ish jarayonlarimiz tarjima xizmatlarining ISO 17100 xalqaro sifat talablariga to'liq mos keladi.
Tarjima xotirasi (Translation Memory) texnologiyasi takrorlanuvchi qismlarda vaqtni tejash va bir xil uslubni saqlashga yordam beradi.
Biz mijozlarimiz taqdim etgan barcha chizmalar va xususiy muhandislik loyihalari xavfsizligini to'liq kafolatlaymiz.
Narx matnning umumiy hajmi (so'zlar soni), texnik sohasi, chizmalarning soni va murakkabligi hamda muddatlarga qarab belgilanadi.
Ha, mutaxassislarimiz chizmalar matnlarini saqlab qolgan holda bevosita AutoCAD yoki PDF formatlarida tarjima va sahifalash ishlarini amalga oshiradilar.
Albatta. Biz har bir yirik loyiha uchun kompaniya atamalarining to'g'riligi va kelajakdagi tarjimalarda bir xil bo'lishini ta'minlash uchun maxsus glossariy tuzamiz.
Ha, bunday loyihalarga bir nechta malakali tarjimonlar jalb etiladi. Yagona glossariy va tarjima xotirasi tizimi tufayli tarjima sifati va uslubi buzilmaydi.
Hujjatlaringizni yuklang yoki so'rov qoldiring. Biz siz bilan bog'lanib, narx va muddatlarni tezkorlik bilan hisoblab beramiz.
Hujjatni yuborish